Maxfiylik siyosati
AdsInsta (adsinsta.uz) — TgTraffic.uz'ning Facebook va Instagram reklamalarini boshqarish xizmati.
Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
- Hisob ma'lumotlari: ism, email va/yoki telefon raqam, profil rasmi (Google yoki Telegram orqali kirsangiz).
- Siz ruxsat bergan Meta ma'lumotlari: Facebook profil nomi va ID, sahifalar, ularga bog'langan Instagram akkauntlar va reklama kabinetlari ro'yxati, kampaniyalar va statistika.
- Meta kirish tokeni — faqat shifrlangan holda saqlanadi.
- Texnik ma'lumotlar: IP manzil va brauzer (kirish xavfsizligi uchun).
Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
Faqat xizmat ishlashi uchun: sahifa va kabinetlaringizni ko'rsatish, sizning buyrug'ingiz bilan reklama yaratish va boshqarish, natijalarni ko'rsatish. Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz (sizning amallaringizni bajarish uchun Meta bundan mustasno).
Ma'lumotlarni o'chirish
Istalgan vaqtda "Meta ulash" bo'limida Meta'ni uzishingiz mumkin — token bekor qilinadi, kabinet va sahifalar ro'yxati o'chiriladi. Hisob va barcha ma'lumotlarni to'liq o'chirish uchun bizga yozing: tgtrafficuz@gmail.com yoki @tgtraffic_support. So'rov 30 kun ichida bajariladi.
Aloqa
Email: tgtrafficuz@gmail.com · Telegram: @tgtraffic_support · Tel.: +998 94 103 79 74